Tergovchilar salohiyatini oshirish va tergov sifatini taʼminlash masalalari muhokama qilindi
2026-02-26 22:25:00 / Yangiliklar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari – Tergov departamenti boshligʻi R.Ashrоpov va vazir oʻrinbosari Z.Kurbanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida surishtiruvchi va tergovchilarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va interaktiv oʻquv formatlarini keng joriy etish orqali xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Qayd etilganidek, mazkur yoʻnalishda izchil ishlarni amalga oshirish tergov sifatini taʼminlash, dalillar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda zamonaviy tergov usullarini amaliyotga keng tatbiq etishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlarida mavjud ayrim muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish, xizmat faoliyati samaradorligini oshirish hamda tergov amaliyotini ilmiy-metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida tergovchilar salohiyatini oshirish, tergov sifatini taʼminlash va sohada samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti



