Samarqand shahar va Pastdargʻom tumanlarida xavfsiz muhitni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2026-02-26 10:55:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Toxir Aripov Samarqand shahar va Pastdargʻom tumanida boʻlib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Samarqand shahrining kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan “Koʻksaroy” mahallasida aholining muammolarni aniqlash va unga yechim topish orqali, kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash boʻyicha tashkil etilgan “Maxsus shtab” va “Ishchi guruh” faoliyati oʻrganildi.
Fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan shaxsiy tarkib va hamkor tashkilotlar xodimlari bilan yoʻriqnoma oʻtkazilib, ularga aniq ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, Boshqarma boshligʻi Pastdargʻom tumanining kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan “Yangiobod” mahallasida boʻlib, mahallani xavfsiz hududga aylantirish maqsadida ishlab chiqilgan choraklik yoʻl xarita bilan yaqindan tanishib, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida ijro etish yuzasidan aniq koʻrsatmalar berildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati



