Namangan viloyati IIB ishchi guruhining mahallalardagi oʻrganish ishlari Yangi Namangan tumanida davom etmoqda
2026-02-25 20:40:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosarlari hamda biriktirilgan masʼul rahbarlar tomonidan mahallalarda tizimli ravishda oʻrganish ishlari olib borilib, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati atroflicha tahlil qilinmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2-son Qarorlari ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab berilmoqda.
Jumladan, boshqarma boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh Yangi Namangan tumanida boʻlib, 4-sonli huquq-tartibot maskani hamda “Ishonch”, “Atangan guzar”, “Mehnatobod” va “B. Mashrab” mahallalariga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika inspektorlarining PQ-1 va PQ-2-son Qarorlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani tajribasi asosida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilayotgan kundalik xizmat faoliyati chuqur tahlil qilinib, mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Oʻrganishlar davomida tumandagi “Hazrati Bilol” jome masjidida taroveh namozlari vaqtida koʻrilgan xavfsizlik chora-tadbirlari ham koʻzdan kechirilib, fuqarolar osoyishtaligi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan masʼul xodimlarga aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









