Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida Toshkent shahar Mirobod tumanida intellektual videokuzatuv tizimini joriy etish ishlari izchil amalga oshirilmoqda
2026-02-25 17:45:00 / Yangiliklar

Mirobod tuman hokimligi va IIB hamkorligida joriy yil fevral oyida mahallalardagi aholi gavjum joylar, koʻchalar, maktablar oldi, mahallalarning kirish-chiqish nuqtalari hamda savdo obyektlari atrofida oʻrnatilayotgan videokuzatuv kameralarining yoʻriqnomalar talablariga muvofiqligi yuzasidan joylarda oʻrganish ishlari olib borildi.
IIV “Xavfsiz shahar” markazi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijasida oʻrnatilayotgan intellektual videokuzatuv kameralarining texnik parametrlari belgilangan talab va standartlarga toʻliq mos ekanligi taʼkidlandi.
Mirobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar respublika boʻylab intellektual videokuzatuv tizimlarini joriy etishda namuna sifatida xizmat qiladi. Yoʻriqnomalar asosida oʻrnatiladigan zamonaviy kameralar kelgusida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash va “issiq izidan” fosh etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



