“Oʻzbekiston yoshlarining kiberjinoyatchilikka hamda raqamli xurujlarga chidamliligini oshirish“ qoʻshma Dasturi ishchi guruhi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-02-25 15:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi TQD Kiberxavfsizlik markazida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Mahalla Uyushmasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “IT PARK” va “UZINFOCOM” shuningdek, xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi masʼullari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida yoshlarning “kibergigiyena“sini shakllantirish va raqamli savodxonlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yigʻilish yakunida mazkur yoʻnalishda tizimli va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishildi.






