Ichki ishlar organlari xodimlari uchun “Behbudiy” hujjatli filmi namoyish etildi
2026-02-24 17:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–209-son qarori bilan kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bagʻishlangan filmlar turkumini yaratish boʻyicha muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur qarorga muvofiq, vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari har chorakda kamida bir marotaba Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, ekskursiyalar tashkil etish hamda filmlar namoyishlariga shartnoma asosida jalb qilinishi nazarda tutilgan.
Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda ichki ishlar organlari xodimlarining madaniy dam olishlarini tashkil etish maqsadida joriy yilning 21-fevral kuni soat 18:00 da Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir hamda pedagog Mahmudxoʻja Behbudiyning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “Behbudiy” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Mazkur film tomoshasida ichki ishlar organlari xodimlari faol ishtirok etdi.



