IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati tomonidan axborot xizmati xodimlari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi
2026-02-24 09:00:00 / Yangiliklar

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati tomonidan hududiy Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xizmatlarida faoliyat yuritayotgan axborot xizmati xodimlari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.
Seminardan koʻzlangan asosiy maqsad — axborot siyosatini yagona yondashuv asosida yoʻlga qoʻyish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni kuchaytirish hamda tezkor va ishonchli axborot yetkazish koʻnikmalarini takomillashtirishdan iborat.
Tadbir davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
• ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash;
• inqirozli vaziyatlarda axborot berish madaniyati;
• kreativlik oʻzi nima va uni qoʻllash usullari;
• sunʼiy intellekt orqali media materiallarni zamonaviy rakursda tayyorlash.
Shuningdek, axborot sohasida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini taʼminlash, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashib, hududlarda axborot xizmatlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati



