Ichki ishlar vazirligi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi
2026-02-24 09:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda tinglovchilar Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga, qonun ustuvorligini taʼminlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga hamda yuksak intizom va masʼuliyat bilan oʻz xizmat burchini ado etishga qasamyod qildilar.
Qasamyod qabul qilish ichki ishlar organlari xodimi uchun yuksak ishonch va katta masʼuliyat ramzi hisoblanadi.
Ushbu marosim tinglovchilarning kasbiy faoliyatida muhim bosqich boʻlib, ularning xizmat yoʻlidagi qatʼiy intilish va sadoqatini ifoda etadi.
Marosim davomida tinglovchilar Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda xizmat burchini sidqidildan ado etishga qasamyod qildilar.
Qasamyod qabul qilish orqali ular ichki ishlar organlari xodimiga xos boʻlgan yuksak masʼuliyat va burchni oʻz zimmalariga oldilar.
IIV Malaka oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir tinglovchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
IIV Malaka oshirish instituti




