Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti rahbariyatining shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2026-02-21 09:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot alohida inson muammosini muddatlarni choʻzmasdan va byurokratik sansalorlikka yoʻl qoʻymasdan zudlik bilan hal etish imkonini beradi.
Bu esa jamiyat sifatining umumiy ravishda oshishiga va davlat organlariga boʻlgan ishonchning mustahkamlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari ichki ishlar organlari faoliyatidagi kamchilik va nuqsonlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Shu bois, respublika Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabullari rasmiy tartib-taomil sifatida emas, balki inson muammosiga chuqur kirib borish va uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni koʻrishga tayyor boʻlgan “eshituvchi davlat” tamoyilining amaliy ifodasi sifatida qaraladi.
Jumladan, shaxsiy qabul davomida Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi, general-mayor R. M. Djurayev Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan kelgan 75 nafar fuqaroning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov, jazoni ijro etish, migratsiya, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati faoliyati hamda boshqa masalalarga oid murojaatlarini eshitdi.
Koʻrib chiqish natijalariga koʻra, 15 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 5 ta murojaat boʻyicha ariza mualliflariga malakali huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, qoʻshimcha vaqt talab etilgan 40 nafar fuqaroning murojaatlari esa masʼullarga tegishli topshiriqlar bergan holda ijroga yoʻnaltirilib, qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.
IIV JXD Axborot xizmati






