Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan aholi osoyishtaligini taʼminlash va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi
2026-02-21 09:00:00 / Yangiliklar

Aholi osoyishtaligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Abduvoxid Ismoilov Qarshi shahrida tashkil etilgan Idoralararo tezkor shtab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida shtabning kundalik ish rejasi, tezkor vaziyat tahlili, murojaatlar bilan ishlash tartibi hamda sohada yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Ayniqsa, profilaktika ishlarini kuchaytirish, jinoyatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada samarali yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, mutasaddilarga joylardagi haqiqiy vaziyatni chuqur oʻrganish, aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazish, har bir murojaatga masʼuliyat bilan yondashish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Jamoat tartibini saqlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, tezkor maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish muhim vazifa sifatida belgilandi.
Uchrashuv yakunida sohadagi ish samaradorligini oshirish, profilaktika tadbirlarini manzilli tashkil etish va har bir mahallada barqaror ijtimoiy muhitni taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati








