Namangan viloyati IIBda shahar-tuman IIB boshliqlari ishtirokida oʻquv-seminar oʻtkazilib, ularning taqdimotlari tinglandi
2026-02-21 09:00:00 / Yangiliklar

Viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni barqaror saqlash, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani tajribasi asosida manzilli ishlarni samarali tashkil etish maqsadida shahar va tumanlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha aniq yoʻl xaritalari ishlab chiqildi
Namangan viloyati IIB boshligʻi huzurida oʻtkazilgan oʻquv-seminarda boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari hamda shahar-tuman IIB boshliqlari ishtirok etib, unda har bir hudud rahbarining kelgusida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish borasidagi taqdimotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.
Shuningdek, taqdimot yakunlari yuzasidan hududlarda aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etish, mahallalarda kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, masʼul xodimlar faoliyatini manzilli yoʻlga qoʻyish, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati




