Jizzax shahrida viloyat IIB rahbariyati tomonidan jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
2026-02-21 09:00:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda davlatimiz rahbarining 5-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi, hududlardagi kriminogen vaziyat tahlili va uni barqarorlashtirish choralari muhokama qilindi.
Ayniqsa, oilaviy nizolar, yoshlar va ayollar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda “manzilli ishlash” tizimini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi profilaktika hamda tezkor tadbirlarni uygʻunlashtirish vazifasi belgilandi.
Shu qatorda mahallalarda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni barvaqt hal etish orqali jinoyatlarni kamaytirish ustuvor yoʻnalish sifatida qayd etildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









