Namangan viloyati IIB rahbariyatining Davlatobod tumani fuqarolari uchun sayyor qabul oʻtkazildi
2026-02-20 12:05:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholining muammolarini oʻrganish va ularning yechimini tezkor hamda samarali taʼminlash maqsadida muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.
Shu maqsadda Davlatobod tumanining “Orzu” mahallasida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul davomida 14 nafar fuqaroning turli yoʻnalishlardagi murojaatlari tinglandi, ularning muammolari boʻyicha batafsil oʻrganishlar olib borildi.
Qabul jarayonida murojaatchilarning arizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar boʻyicha esa sohaviy xizmat rahbarlariga aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi boʻyicha masala alohida nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



