“Xavfsiz hudud”. Tajriba - eng yaxshi maktab
2026-02-20 06:55:00 / Yangiliklar

Jinoyatchilikni jilovlashda zamonaviy texnologiyalar bilan birga, koʻpni koʻrgan insonlarning oʻgiti ham muhim rol oʻynaydi. Shu bois tuman IIOFMB Faxriylar kengashi aʼzolari mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, oʻzlarining boy kasbiy mahoratini yosh avlod bilan oʻrtoqlashmoqda.
Navbatdagi uchrashuvlarda faxriylar xizmat faoliyati davomida duch kelgan murakkab vaziyatlar va ularni oqilona hal etish yoʻllarini yosh xodimlarga oʻrgatishdi. Muhimi, bu muloqotlar faqat tizim doirasida cheklanib qolmay, mahalla yoshlari oʻrtasida ham davom etmoqda. Keksa avlod vakillari yigit-qizlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatib, hayotda oʻz oʻrnini topishlari boʻyicha bergan maslahatlari hududda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
«Poytaxt namunasi»ning asosiy mezoni ham mahallabay ishlash tizimi orqali har bir xonadonga kirib borish, muammolarni barvaqt aniqlash va aholi uchun tom maʼnoda xavfsiz muhit yaratishdan iboratdir. Belgilangan vazifalar amalga oshishi uchun soha xodimlarining tezkorligi va shaffof faoliyati hamda faxriylarning boy tajribasi bir nuqtada birlashsa, «xavfsiz hudud» tamoyili toʻliq qaror topadi.
Sarvar SOBIROV, oʻz muxbirimiz. Toshkent shahri.
