IIV Akademiyasi tinglovchilari Toshkent viloyatida amaliyotga kirishdilar
2024-06-08 11:00:00 / Yangiliklar

Xususan magistratura va bakalavr tinglovchilari amaliyot jarayonida Qibray tumani ichki ishlar boshqarmasi 3-sektor faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Akademiya magistrlari va ularga biriktirilgan amaliyot oʻtayotgan tinglovchilarning birinchi manzili hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor shtabi faoliyatini oʻrganishdan boshlandi.
Dastlab 3-sektorga biriktirilgan mahalla masʼullari bilan yigʻilish oʻtkazilib, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida xonadonbay yurib muammolarni oʻrganish, fuqarolar bandligini taʼminlash, yoshlarni kasb hunarga oʻqitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan insonlarni qoʻllab-quvvatlashga doir belgilangan vazifalar ijrosi oʻrganildi.
Joriy yilning oʻtgan davriga qadar bu borada qilingan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Shundan soʻng amaliyotchi xodimlar 2-sonli ichki ishlar boʻlinmasi hamda «Boyjigit» mahallasiga tashrif buyurishdi.
U yerda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishishdi. Shuningdek, sektorga kelib tushgan aholi murojaatlari amaliyotchilar bilan birga joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Tinglovchilar dastur doirasidagi tadbirlarni 12-iyunga qadar davom ettirishlari belgilangan.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati









