Namangan viloyati IIBda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi
2026-02-18 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIBda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida videoselektor tarzida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat, shahar va tuman darajasidagi masʼul rahbarlar, sohaviy xizmat boshliqlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etib, muborak “Ramazon” oyi munosabati bilan hududlarda “Taroveh” namozi vaqtida jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash va xizmat faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yigʻilishda “Ramazon” oyi davomida masjidlarda, ziyoratgohlarda hamda aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, fuqarolar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar koʻrsatib, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar belgilab berildi.
Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan barcha shahar va tumanlardagi masjidlarda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, ichki ishlar organlari hamda boshqa tegishli xizmatlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, transport vositalari harakati tartibini toʻgʻri tashkil etish, tirbandliklarning oldini olish maqsadida vaqtinchalik avtoturargohlar tashkil etish, yongʻin xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda yongʻinga qarshi texnika vositalarining shay holatini yana bir bor koʻrikdan oʻtkazish yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati




