Xotin-qizlar muammolariga yechim — sayyor qabul tashkil etildi
2026-02-16 18:35:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Chilonzor tumanidagi IIO FMB tomonidan profilaktik hisobda hamda probatsiya hisobida turuvchi xotin-qizlar muammolarini oʻrganishga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabul tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda Ichki ishlar organlari masʼul xodimlari hamkorligida oʻtkazildi. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshliq oʻrinbosari, podpolkovnik N.Gʻiyasova, xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi inspektorlari N.Bobonazarova, tuman tibbiyot birlashmasi 34-OP bosh shifokori, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi rahbari hamda psixolog ishtirok etdilar.
Sayyor qabul davomida probatsiya hisobida turgan 9 nafar xotin-qiz bilan individual suhbatlar oʻtkazildi. Jumladan:
- 4 nafar fuqaroga tayinlangan jazo muddatidan ilgari ozod etilish masalasida amaliy yordam koʻrsatish choralari belgilandi;
- 2 nafar ayolga kasb-hunarga oʻqish boʻyicha takliflar berildi;
- 3 nafar ayolga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Bunday tadbirlar xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularni jamiyatga moslashtirish va qayta huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishga xizmat qiladi.



