Andijon viloyati IIB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2026-02-16 09:45:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida Andijon viloyati IIB boshligʻi tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Qabul jarayonida aholini qiynayotgan ijtimoiy va huquqiy masalalardagi murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan holatlar esa nazoratga olinib, belgilangan tartibda ijrosi taʼminlanishi maʼlum qilindi.
Har bir masala yuzasidan atroflicha oʻrganish va qonuniy hal etish boʻyicha masʼul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini eshitish va qonuniy manfaatlarini taʼminlash ichki ishlar organlarining ustuvor vazifalaridan biri boʻlib qolmoqda.
Bu kabi shaxsiy qabullar aholi bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati









