Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVda fuqarolar qabuli oʻtkazildi
2026-02-16 09:30:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Mazkur qabul davomida fuqarolar tomonidan murojaatlar, taklif va shikoyatlar tinglandi. Ular asosan huquq-tartibotni taʼminlash, buzilgan huquqlarini tiklash, tergovga oid masalalar, shuningdek, pasport-viza va boshqa maʼmuriy xizmatlar bilan bogʻliq masalalarni qamrab oldi. Vazir har bir murojaatni atroflicha oʻrganildi.
Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan masalalar esa nazoratga olindi. Taʼkidlash joizki, fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazish, ularning muammolarini oʻz vaqtida hal etish ichki ishlar organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bunday shaxsiy qabullar aholi bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, qonuniylik va adolat tamoyillarini taʼminlashga xizmat qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati









