Fargʻona viloyati IIB rahbariyatining jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-02-15 09:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish orqali ular muammolarini har tomonlama chuqur oʻrganish va qonuniy hal etish maqsadida muntazam uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻtkazilgan ana shunday qabul davomida 22 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashib, ulardan turli masalalarda murojaatlar qabul qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 13 tasi ijobiy hal etildi.
Shuningdek, qolgan 9 ta murojaatlar kompleks oʻrganish talab etishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha soha vakillariga alohida vazifalar belgilab berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati





