Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan navbatdagi oʻrganishlari
2026-02-15 09:00:00 / Yangiliklar

Huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan navbatdagi oʻrganishlari Zarafshon shahrining “Istiqlol“ va “Yoshlik“ mahallarida olib borildi.
Viloyat prokurori, IIB boshligʻi, Adliya masʼullarining navbatdagi oʻrganishlari Zarafshon shahridagi “Istiqlol“ va “Yoshlik“ mahallasida boʻlib, Prezidentimizning PQ-1 sonli qarori ijrosi, uning mazmun-mohiyati va amaldagi natijalari atroflicha tahlil qilindi, belgilangan vazifalarni toʻliq va sifatli taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Jumladan, mahallalarning kriminogen ahvoli atroflicha tahlil qilinib, jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shahar hokimi, prokurori hamda IIB boshligʻi bilan birgalikda koʻrib chiqildi.
Hududga oʻrnatilgan kuzatuv kameralarining samaradorligi, ular orqali nazoratni kuchaytirish masalalari ham alohida muhokama etildi.
Shuningdek, mahalla “yettiligi” aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazilib, aholi murojaatlari, fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Qurilish sohasida rejalashtirilgan yangi loyihalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarining borishi koʻzdan kechirildi.
Bu kabi oʻrganishlar hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlash, xavfsiz va farovon muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati







