IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-02-14 19:20:00 / Yangiliklar

Qabul davomida YHXX rahbari tomonidan fuqarolarning yoʻl bilan bogʻliq kamchiliklarni bartaraf qilish, harakat xavfsizligini taʼminlashda YPX xodimlari va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish, transport vositasini qayta jihozlashga ruxsat olish singari murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning aksariyati shu joyning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha surishtiruvlarni talab etadigan murojaatlar ham xizmat boshligʻining nazoratiga olinib, qisqa fursatlarda yechim topish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati





