Xizmatlarda. Muhim hujjatga eʼtibor zarur
2026-02-12 23:00:00 / Yangiliklar

Buxoro shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtgan yil davomida 16912 nafar fuqaro doimiy yashash manzili boʻyicha, 6370 nafari vaqtincha yashash joyi boʻyicha hisobga olingan.
Shuningdek, 13432 nafar fuqaroga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib berildi, 41410 nafardan ortiq fuqaroga esa ID-kartalar topshirildi.
Bundan tashqari, 9040 nafar chet el fuqarosi vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyilib, ulardan davlat bojlari undirildi.
Soha vakillari tomonidan olib borilgan profilaktik hamda tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 3 nafar qidiruvda boʻlgan shaxsning yashiringan manzillari aniqlanib, ushlandi va tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Eʼtiborsizlik, belgilangan qonun talablariga rioya etmaslik insonni turli qiyinchiliklarga, noqulayliklarga roʻpara qiladi. Xususan, 2025-yilda pasport tizimi qoidalarini buzgan 846 nafar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, 6 nafar xorijlik fuqaro Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini takroran buzganligi sababli kirish huquqini 3-yil muddatga cheklangan holda, mamlakatimizdan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborildi.
Ushbu raqamlardan koʻrinib turibdiki, har birimiz fuqarolikni tasdiqlovchi muhim hujjatga eʼtiborli boʻlishimiz, qonun talablariga qatʼiy rioya etishimiz lozim. Aks holda, eʼtiborsizligimiz javobgarlikka sabab boʻladi.
©️ “Postda” gazetasi,Mansur Hamroyev, mayor. Buxoro viloyati.
