Jizzax viloyati IIB rahbariyati tomonidan Jizzax shahri mahallalarida tungi jamoat tartibini saqlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganildi
2026-02-10 11:35:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIB boshligʻi Jizzax shahridagi bir necha mahallalarda tungi paytda jinoyatchilikni jilovlash, xavfsiz muhitni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganishlar Oʻratepalik, Ravalliq, Xalqobod, Oqqoʻrgʻonlik, Olmazor, Zilol, Navroʻz, Shodlik, Hamid Olimjon, Alisher Navoiy, Kimyogar hamda Tinchlik mahallalarini qamrab olindi.
Mahallalar yettiligi aʼzolari ishtirokidagi muloqotlarda jinoyatchilikka sabab boʻlayotgan omillar, ijtimoiy muhit va aholini tashvishlantirayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, huquqbuzarliklarga olib kelayotgan omillarni barvaqt aniqlash, fuqarolar bilan xonadonbay ishlash orqali muammolarni oʻz vaqtida hal etish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Shu kuni manzilli profilaktik ishlar tashkil etish, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.
Jizzax viloyati IIB boshligʻi Jizzax shahridagi bir necha mahallalarda tungi paytda jinoyatchilikni jilovlash, xavfsiz muhitni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









