Toshkent shahri Mirobod tumanida Qoʻriqlash departamenti rahbari boshchiligidagi ishchi guruh amaliy ishlarni davom ettirmoqda
2026-02-09 11:00:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahri Mirobod tumanida Qoʻriqlash departamenti rahbari boshchiligidagi ishchi guruh mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amaliy ishlarni davom ettirmoqda.
Jumladan, Departament boshligʻi polkovnik Q.A.Shodibekov Mirobod tumani IIO FMB boshligʻi podpolkovnik U.S.Nasriddinov hamrohligida tuman dehqon bozorida xavfsizlikni taʼminlash tizimini oʻrganishdi. Bozor maʼmuriyatiga kuzatuv markazi faoliyatini tashkil etish, yuzdan aniqlovchi videokuzatuv kameralarini (Face ID) samaradorligini oshirish, savdo doʻkonlarini daxlsizligini taʼminlashda qoʻriqlash tizimi imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Alfraganus” koʻngilochar-savdo obyektida aholi xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda holatlarda harakatlanish tizimi oʻrganildi.
Markaz maʼmuriyatiga umumiy xavfsizlik bilan bir qatorda alohida bolalar maydonchalarida evakuatsiyani tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar berildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning favqulodda vaziyatlar boshqarmalari bilan hamkorlikdagi harakatlari natijadorligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Shu bilan birga Tolariq mahallasi va unga tutash hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida ham ishlar oʻrganildi.
Mahalliy aholi va savdo obyektlari rahbarlari bilan suhbatlar tashkil etilib, muammolar oʻrganildi. Hududlarni zamonaviy qoʻriqlashning texnik vositalari bilan jihozlash, obyektlarni qoʻriqlovga olish orqali jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish natijadorligi tushuntirildi.
Masʼullarga 3 smenalik xizmatni tashkil etish, kuch vositalarni samarali taqsimlash orqali jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Departament boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruhning amaliy ishlari davom etmoqda.





