Fargʻona viloyat IIB rahbariyati boshchiligida jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-02-09 10:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish orqali ular muammolarini har tomonlama chuqur oʻrganish va qonuniy hal etish maqsadida muntazam uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻtkazilgan ana shunday qabul davomida 59 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qatnashib, ulardan turli masalalarda 62 ta murojaatlar qabul qilindi.
Qabul qilingan murojaatlarning 19 tasi ijobiy hal etildi. Shuningdek, qolgan murojaatlar kompleks oʻrganish talab etishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini taʼminlash boʻyicha soha vakillariga alohida vazifalar belgilab berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati









