Navoiy viloyati IIB rahbariyati tomonidan Qoʻriqlash xizmati faoliyati va “Poytaxt tajribasi” asosidagi tezkor-shtab faoliyati oʻrganildi
2026-02-09 09:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Qoʻriqlash xizmati xodimlarining xizmat faoliyati jarayonlarini koʻzdan kechirdi hamda “Poytaxt tajribasi” asosida tashkil etilgan tezkor-shtab ishi bilan yaqindan tanishdi.
Qoʻriqlash xizmatida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida Boshqarma boshligʻi va SHXBB Navoiy viloyati boʻyicha boʻlimi rahbari tomonidan xodimlarga xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiy rioya etish, ichki tartib-intizom talablariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Har bir xodim oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarishi, fuqarolar va tashkilotlar ishonchini oqlashi zarurligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, Boshqarmaning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼullari tomonidan xodimlarning doimiy olib yurishi lozim boʻlgan hujjatlari hamda maxsus vositalari tekshirildi.
Ayrim yoʻnalishlarda aniqlangan kamchiliklar oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Xizmat jarayonida hushyorlikni oshirish, tezkor harakat qilish koʻnikmalarini mustahkamlash va zamonaviy axborot-texnik vositalardan samarali foydalanish yuzasidan topshiriqlar belgilab berildi.
Shu kuni Navoiy viloyati IIB boshligʻi, shahar hokimi va boshqa masʼullar Navoiy shahar hokimligida “Poytaxt tajribasi” asosida tashkil qilingan tezkor-shtab faoliyati bilan ham tanishdi.
Ayni paytda Navoiy shahridagi 33 ta mahallaga 17 nafar rahbar hamda 33 nafar masʼul xodim biriktirilgan boʻlib, ular tomonidan joylarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻrganishlar chogʻida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalar va videokuzatuv tizimlaridan foydalanish holati koʻrib chiqildi.
Tezkor-shtab orqali kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor koʻrib chiqish, muammolarni joyida hal etish va masʼul tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Masʼullar tomonidan mazkur tizimni yanada takomillashtirish, “Poytaxt tajribasi”da erishilgan ijobiy natijalarni boshqa hududlarda ham joriy etish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va profilaktika ishlarini faollashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati









