Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida boshqarma rahbariyati tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-02-09 09:00:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolarning jami 34 ta turli yoʻnalishdagi murojaatlari atroflicha koʻrib chiqildi. Har bir murojaat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirish va zarur tavsiyalar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan murojaatlar boʻyicha sohaviy xizmat rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ijro muddati belgilandi hamda bajarilishi qatʼiy nazoratga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





