Toshkent shahar IIBB rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli Olmazor tumanida boʻlib oʻtdi
2026-02-09 09:00:00 / Yangiliklar

Tumanlarda sayyor qabullarning tashkil etilishi fuqarolar uchun katta qulayliklar yaratish barobarida aholi bilan davlat organlari oʻrtasidagi oʻzaro ishonch hamda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan Innovatsiya markazi binosida Toshkent shahar IIBB rahbariyati, shahar prokurori birinchi oʻrinbosari Anvar Urmanov va tuman hokimligi mutasaddilarining aholi bilan oʻtkazgan sayyor qabuli ana shu ustuvor vazifa ijrosining uzviy davomidir.
Qabul poytaxt aholisini oʻylantirib kelayotgan muammolariga yechim topishga qaratildi. Ochiq muloqot chogʻida aholining murojaatlari va savollari tinglandi hamda ijobiy hal etish choralari koʻrildi.
Sayyor qabul davomida Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, 4 nafar shaxsning Oʻzbekiston fuqaroligini olish iltimoslari qanoatlantirilganligi sababli, ularga tantanali ravishda ID kartalar topshirildi.
Shuningdek, poytaxtimizning Olmazor tumani IIO FMB Probatsiya xizmati hisobida turgan jami 5 nafar fuqarolar Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Bu kabi qabullar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati








