Navoiyda fuqarolar murojaatlarini hal etishga qaratilgan navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2026-02-09 09:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar samarasi oʻlaroq, rahbar xodimlarning xalq bilan uchrashuvi ularning muammolarini tez va sifatli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining bu galgi qabulida turli yoshdagi fuqarolar, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari qatnashib, oʻzlarini qiynayotgan masalalar boʻyicha murojaatlarini yoʻlladi.
Baʼzi murojaatlar maishiy nizolar yoki huquqiy tushunmovchiliklarga taalluqli boʻlsa, baʼzilari keng qamrovli ijtimoiy muammolarga borib taqaladi.
Ammo eng muhimi hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmadi.
Tegishli masʼullarga vazifalar yuklatildi, Ayrim masalalar qabul davomida ijobiy hal etildi.
Eslatib oʻtamiz, rahbarning bu kabi qabullari haftaning har yakshanba kunida oʻtkaziladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati




