Namangan viloyatida “U-19 Oʻzbekiston chempionati”ning final bosqichi boʻlib oʻtdi
2026-02-08 15:55:00 / Yangiliklar

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda voleybol sport turini ommalashtirish maqsadida Namangan viloyatida “U-19 Oʻzbekiston chempionati”ning final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Joriy yilning 1–7 fevral kunlari Namangan davlat texnika universiteti sport majmuasida voleybol boʻyicha 2008–2009 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida U-19 toifasidagi Oʻzbekiston chempionati musobaqasi oʻtkazildi.
Mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan saralangan terma jamoalar ishtirok etib, oʻzaro keskin va murosasiz bellashuvlar olib bordilar. Uchrashuvlar davomida yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va jamoaviy uygʻunligi yuqori darajada namoyon boʻldi.
Yakunlarga koʻra,
1-oʻrinni Namangan viloyati terma jamoasi,
2-oʻrinni Andijon viloyati terma jamoasi,
3-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoalari egalladilar.
Gʻolib va sovrindor terma jamoalar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ushbu chempionat yoshlar oʻrtasida voleybol sport turini yanada rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash hamda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati









