Toshkent shahri Mirobod tumanida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali chora-tadbirlari olib borilmoqda
2026-02-08 09:55:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik R.A.Ashropov rahbarligida Mirobod tumani kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazildi.
Yoʻriqnomada Qoʻriqlash, patrul-post, yoʻl patrul va profilaktika xizmatlari, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari, shuningdek Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan tun-u kun, uch smenali xizmatni tashkil etish jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar atroflicha tushuntirib berildi.
Aholining har bir murojaati va obyektlardan tushayotgan tashvish xabarlari boʻyicha hamkorlikdagi harakatlanish yoʻnalishlari belgilab berilib, xodimlar xizmatga tarqatildi.
IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamenti Axborot xizmati









