Halollikni shior qilgan xodimlar. Burchga sadoqat
2026-02-08 07:50:00 / Yangiliklar

Xoʻjaobod tumani IIB huzuridagi Qoʻriqlash xizmati xodimi, katta leytenant Hayotbek Gʻaniyev oʻz xizmat burchi va fuqarolarga nisbatan adolat tamoyillarini birinchi oʻringa qoʻyib, zimmasidagi vazifani bajarish jarayonida qonunbuzarlikning oldini olishda shaxsiy namuna koʻrsatdi.
U fuqaro tomonidan oʻziga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlarni sud organlariga yubormaslik evaziga pora sifatida taklif qilingan pulni olmay, bu haqda rahbariyatga xabar berdi. Holat yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida pora bermoqchi boʻlgan fuqaro ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Bunday xizmat namunasi nafaqat xodimning oliy maʼnaviy fazilatlarini koʻrsatadi, balki ichki ishlar organlari xodimlari orasida halollik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yanada mustahkamlaydi. Har bir xodim uchun bu namuna sifatida namoyon boʻlishi lozim.
Haqiqatan ham, burchga va xizmatga sadoqat bu faqat koʻrsatkich emas, balki har bir xodimning yuragidagi ishonch va Vatanga muhabbatdir.
Saminjon HUSANZODA, oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.
