Namangan viloyati IIBda Qoʻriqlash, Probatsiya hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalarining kelgusidagi ustuvor chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi
2026-02-08 07:30:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi huzurida Qoʻriqlash, Probatsiya hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalarining kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda sohaviy xizmatlar boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari hamda masʼul xodimlar ishtirok etib, har bir yoʻnalish boʻyicha kelgusidagi vazifalar va rejalashtirilgan amaliy ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.
Taqdimot davomida tizim faoliyatiga ilgʻor va samarali tajribalarni joriy etish, xizmat jarayonlarini raqamlashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflar yuzasidan masʼul rahbarlarga chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish hamda amaliy natijani oshirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



