Andijon viloyatida Chilonzor tumani namunasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
2026-02-08 07:25:00 / Yangiliklar

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joriy etilgan ilgʻor tajriba asosida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda mahallalarni raqamlashtirish boʻyicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.
Muhokama davomida masʼul rahbarlar tomonidan hududlarda bajarilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitilib, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Shu bilan birga, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, Chilonzor tumanida oʻz samarasini bergan tajribani Andijon viloyatining barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati





