Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Namangan davlat texnika universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-02-07 12:55:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda professional kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Namangan davlat texnika universiteti rahbarlari va sohaga daxldor masʼul xodimlar ishtirokida oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilib, unda oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlarini kengaytirish, raqamli makonda yuzaga kelayotgan yangi turdagi xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha samarali himoya choralarini ishlab chiqish, avtomatlashtirilgan aqlli tizimlar va zamonaviy dasturiy mahsulotlarni yaratish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar.
Shuningdek, Namangan davlat texnika universiteti hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi qoshida kiberxavfsizlik yoʻnalishida innovatsion malaka oshirish markazini tashkil etish, talabalar va IIB xodimlari uchun qoʻshma oʻquv kurslari, seminar va treninglar oʻtkazish, talabalarning IIB boʻlinmalarida amaliyot oʻtashni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida universitet vakillari boshqarma huzuridagi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Tezkor boshqaruv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud texnik imkoniyatlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati








