Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan bank xodimlari oʻrtasida qalbaki pul kupyuralari boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi
2024-05-31 11:55:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazining 2024-yil 16-may kunidagi tegishli koʻrsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida bank muassasalari xodimlari oʻrtasida “Qalbaki pul kupyuralari, chet-el valyutalari, qalbaki hujjatlar, qimmatbaho qogʻozlar”ga oʻzgartirish yoki qalbakilashtirish usullarini va hujjatlarning umumiy va xususiy belgilariga sinchkovlik bilan eʼtibor qaratishlari lozimligi yuzasidan targʻibot tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 30-may kuni, Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Andijon viloyat Bosh boshqarmasi hamda aksiyadorlik tijorat banklarning valyuta ayriboshlash boʻlimi boshliqlari va ishchi xodimlari uchun oʻquv trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Belgilangan oʻquv trening mashgʻuloti boʻyicha mutaxassislar tomonidan “Qalbaki valyutalarni aniqlashda eʼtibor qaratiladigan muhim xususiy belgilar” va chet el valyutalari boʻyicha turli mavzular doirasida ishtirokchilarga atroflicha nazariy hamda amaliy tushunchalar berildi.
Bir soʻz bilan aytganda boʻlib oʻtgan trening mashgʻulotlari qiziqarli tarzda olib borilib, bank xodimlarining bilim va malakasini yanada oshishiga xizmat qildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati