Jizzax shahrida tungi xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar yangi bosqichga chiqmoqda
2026-02-06 09:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyat IIB rahbariyati tomonidan shaharning “qizil toifa”ga kiritilgan mahallalarida tungi xizmat, jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻrganildi.
Mazkur jarayonda Sayiljoyi, Zargarlik, Toshloq, Bobur va Ulugʻbek mahallalarida uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda “poytaxt namunasi”ni joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutasaddilarga ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, manzilli nazoratni yoʻlga qoʻyish, aholi oʻrtasida hushyorlikni oshirish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
Viloyat IIB rahbariyati tomonidan shaharning “qizil toifa”ga kiritilgan mahallalarida tungi xizmat, jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻrganildi.
Mazkur jarayonda Sayiljoyi, Zargarlik, Toshloq, Bobur va Ulugʻbek mahallalarida uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda “poytaxt namunasi”ni joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutasaddilarga ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, manzilli nazoratni yoʻlga qoʻyish, aholi oʻrtasida hushyorlikni oshirish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati









