Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Chilonzor” namunasini shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi davom etmoqda
2026-02-06 09:00:00 / Yangiliklar

Davlatobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni barqaror saqlash maqsadida kuchaytirilgan tartibda xizmat faoliyati tashkil etildi.
Xususan, har bir mahallaga masʼul xodimlar biriktirilib, ularning kelgusidagi xizmat vazifalari aniq belgilab berildi.
Jumladan, bugun Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan tuman mahallalariga biriktirilgan masʼul xodimlarning kundalik xizmat faoliyati muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan profilaktik tadbirlar yuzasidan ularga tegishli vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, tumanda jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha masʼul xodimlarning taqdimoti bilan tanishilib, ularning hisobotlari tinglandi.
Barcha hududlarda manzilli profilaktik ishlar tashkil etish boʻyicha aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati




