Interpol Milliy markaziy byurosining xalqaro hamkorligi qidiruvdagi shaxsni BAAdan ekstraditsiya qilish imkonini berdi
2026-02-04 09:00:00 / Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelindi.
Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolarining yaqin hamkorligi natijasida Birlashgan Arab Amirliklaridan firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarimiz tashabbusi bilan xalqaro qidiruvda boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.
Ekstraditsiya ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasidagi muvofiqlashtirilgan faoliyat hamda Interpol kanallaridan foydalangan holdagi samarali hamkorlik tufayli amalga oshirildi.
BAA va boshqa xorijiy davlatlardan ekstraditsiya qilinayotgan qidiruvdagi shaxslar sonining oshishi ishchi uchrashuvlar va muzokaralar davomida shakllantirilgan, amaldagi xalqaro kelishuvlarga asoslangan hamda barcha huquqiy tartib-taomillarga qatʼiy rioya etilgan holda Milliy markaziy byurolar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan barqaror ikki tomonlama aloqalar natijasidir.
Ushbu ish transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish va javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan.
Hozirda fuqaro qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish hamda sud oldida javob uchun vakolatli organlarga topshirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpolning Milliy markaziy byurosi

