Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazdi
2026-01-31 09:30:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Farrux Xaydarov tomonidan Sirdaryo tumanidagi Adolat mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida oʻrganilib, ayrim masalalar yuzasidan tezkor yechimlar belgilandi, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ichki ishlar organlariga boʻlgan ishonchni oshirishga xizmat qildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






