Sirdaryo viloyati rahbarlari tungi xizmat faoliyati bilan tanishdi
2026-01-31 10:00:00 / Yangiliklar

Jamoat xavfsizligini taʼminlash, aholi osoyishtaligini mustahkamlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida Sirdaryo viloyati prokurori hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish davomida tungi vaqtlarda jamoat tartibini saqlashga qaratilgan xizmatlarni tashkil etish tartibi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, profilaktik ishlar samaradorligi atroflicha koʻzdan kechirildi.
Shu bilan birga, xizmatni olib borayotgan xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik taʼminot holati hamda xizmat intizomiga rioya etilishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat samaradorligini yanada oshirish va faoliyatni takomillashtirish yuzasidan masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur oʻrganishlar kelgusida jamoat tartibini taʼminlash, aholi xavfsizligini mustahkamlash hamda tungi xizmat faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati






