Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi
2026-01-31 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 27-yanvar kuni Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlari hamda PQ-1-son va PQ-2-sonli Qarorlari ijrosi yuzasidan, Jarqoʻrgʻon tumanida “Chilonzor tajribasi” yaratilib ijroga qaratildi.
Prezidentimiz raisligida joriy yil davlat va jamiyat xavfsizligiga toʻgʻridan toʻgʻri tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyatida mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jarqoʻrgʻon tumanida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, viloyat prokurori Baxtiyor Babadjonov, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Timur Ismailov, Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi Rustam Djabborov shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlarining viloyat, shahar va tuman boʻlinmalari rahbar va masʼullari ishtirokida, “Chilonzor tajribasi” boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash, shuningdek, ilgʻor tajribani boshqa hududlarda ham joriy etish maqsadida Doʻstlik mahallasida seminar oʻtkazildi.
Shuningdek, hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, yashirin iqtisodiyot hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha aniq natijalarga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati









