Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi
2026-01-30 11:55:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Tergov boshqarmasi boshligʻi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, fuqarolarning soha bilan bogʻliq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Nukus tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi Sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratildi, buning uchun masʼul xodimlar ishtiroki taʼminlandi.
Sayyor qabul jarayonida 15 dan ortiq fuqarolarning sud-huquq masalalari boʻyicha murojaatlari qabul qilinib, ularning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Ayrim murojaatlarni oʻrganish va vaqt talab etishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






