IIV Akademiyasida taʼlim olayotgan qoʻshni davlatlar vakillari uchun ochiq muloqot ruhidagi tadbir oʻtkazildi
2026-01-29 09:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv ichki ishlar vazirining tizim yoshlari bilan bevosita muloqotidan kelib chiqib kursantlarga motivatsiya berish, ularning kasbiy fazilatlarini yuksaltirish, ezgu tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilindi.
Tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning ustuvor maqsad va yoʻnalishlari haqida toʻxtalib oʻtishdi.
Ichki ishlar organi xodimi boʻlishni maqsad qilgan yoshlar kasbiy bilim va koʻnikmalarni puxta egallashi, mashaqqatlarga oʻzini tayyorlab borishi, tanlagan kasbining yetuk vakili boʻlib yetishishi zarurligi qayd etildi.
Har bir soha singari, ichki ishlar tizimining ham huquqiy asoslari boʻlishi, kursantlar sohaga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini puxta oʻrganish barobarida, amaliyotda samarali qoʻllash bilishi, xizmat faoliyati davomida kasbiy madaniyat qoidalariga qatʼiyan amal qilishi kerakligi taʼkidlandi.
Tadbirda kasbga muhabbat, burchga sadoqat, matonat, masʼuliyat, fidoyilik singari fazilatlar, ularni shakllantirish yoʻllari tushuntirib oʻtildi.
Muloqotning asosiy maqsadidan kelib chiqib kursant yoshlarning takliflari tinglandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati






