Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2026-01-28 10:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik Baxtiyаr Torebekov ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Tadbir davomida yosh mutaxassislarning xizmat faoliyati, ularning kasbiy rivojlanishi, xizmat davomida duch kelayotgan muammolar va ularni hal etish masalalari muhokama qilindi. Vazir yosh xodimlarning tashabbus va takliflarini tinglab, ularga amaliy tavsiyalar berdi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi, xizmat intizomi, vatanparvarlik ruhini oshirish va qonun ustuvorligini taʼminlashda yosh kadrlarning oʻrni alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida xizmat faoliyatida faollik koʻrsatayotgan yosh xodimlarning ota-onalariga minnatdorlik bildirilib, ularga pul mukofotlari topshirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






