«Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi
2024-05-25 14:35:00 / Yangiliklar

Bunda:
– Adliya vazirligi tomonidan davlat organlarining faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib huquqiy targʻibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi boʻgʻinigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;
– davlat organlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targʻibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;
– davlat organlarida oʻz faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga masʼul boʻlinmalar belgilanadi;
– davlat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.
– davlat organlari huquqni qoʻllash amaliyotidagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi boʻshliq va ziddiyatlarni bartaraf etish boʻyicha takliflarini Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali Adliya vazirligiga kiritadi.