Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati tashabbusi bilan Denovda uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-01-27 09:00:00 / Yangiliklar

Denov tumanida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Timur Ismailov tomonidan Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda tuman hokimi va jamoatchilik vakillari hamda shahar-tuman yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — yoshlarni qiynayotgan muammolarni oʻrganish, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatda faol, qonunga hurmat ruhida tarbiyalangan avlodni shakllantirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida viloyat IIB boshligʻi yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish, boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, zararli odatlardan yiroq boʻlish mavzularida hayotiy misollar asosida alohida toʻxtalib oʻtildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati






