Namangan viloyat hokimligida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar va mavjud muammolar muhokama qilindi
2026-01-27 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov raisligida videoselektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda huquqni muhofaza etuvchi organlar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, ularning soha boʻyicha oʻrinbosarlari, taʼlim muassasalari mutasaddilari hamda mahalla raislari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi yoshlar taʼlim-tarbiyasi yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklarni aniq misollar asosida atroflicha tahlil qildi. Xususan, umumtaʼlim hamda kasb-hunar taʼlimi sohasidagi holat tanqidiy koʻrib chiqildi.
Shuningdek, yigʻilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan Namangan viloyati IIB boshligʻi tomonidan ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi.
Yigʻilish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼlim tizimi mutasaddilari, shahar va tumanlar hokimlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Viloyat rahbari yoshlar taʼlim-tarbiyasida sifat va samaradorlikka erishish nafaqat taʼlim muassasalari, balki keng jamoatchilikning ham muhim vazifasi ekanini taʼkidlab, sohada kechiktirib boʻlmaydigan ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratdi. Ushbu yoʻnalishda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati





