Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul oʻtkazildi
2026-01-26 11:30:00 / Yangiliklar

Ushbu qabul aholining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, fuqarolar hamda tashkilotlar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni oʻz vaqtida hal etishga qaratildi.
Shaxsiy qabul davomida fuqarolar, tomonidan bildirilgan murojaatlar, ariza va shikoyatlar atroflicha oʻrganildi. Xususan, ichki ishlar organlari faoliyati, jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, kadrlar masalasi hamda boshqa yoʻnalishlarga oid murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganishni talab etuvchi murojaatlar boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinmalarga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Shaxsiy qabul yakunlariga koʻra, aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlariga oʻz vaqtida va sifatli javob berish ichki ishlar organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligi taʼkidlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati









